Eng janjalli 10 oyat

From WikiIslam, the online resource on Islam
Revision as of 20:03, 7 March 2021 by IbnPinker (talk | contribs)
(diff) ← Older revision | Latest revision (diff) | Newer revision → (diff)
Jump to navigation Jump to search

Ushbu maqolada Qurondagi eng janjalli va bahsli 10 ta oyat haqida qisqacha ma'lumotlar berilgan bo'lib, na Islom apologetlari, na tanqidchilari fikrlarini o'z ichiga olgan. Har bir oyat ostida mavzuni batafsil yorituvchi maqolalarga ishoratlar berilgan.

10. «Uringlar»

Bu oyat itoat etmagan xotinlarni urishni buyuradi:

Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan ortiq qilgani va erkaklar o'z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari yo'qligida Allohning hifzu-himoyati bilan saqlovchi xotinlar - yaxshi xotinlardir. Xotinlaringizning itoatsizligidan qo'rqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar, so'ng ularni yotoqlarda tark qilingiz, so'ngra uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo'l axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk bo'lgan zotdir.
Quron 5:38 o'g'rining qo'lini kesishni buyuradi.

Qarang: Islomda xotin urish (ingl.)

9. «Qo'llarini kesinglar»

Bu oyat o'g'rilarga vahshiy va tuzatib bo'lmas jazo berishni buyurib, ularni xulqi tuzalishi va jamiyatning foydali azosi bo'lish imkoniyatidan mahrum etadi. Masalan, Terrens Barkli (Terrence Barkley) 16 yoshiga kirgan kunida avtomobil o'g'rilagani uchun hibsga olinadi, biroq u keyinchalik jinoiy to'dadan uzoqlashib, jinoiy huquqni o'rganish maqsadida Missuri Markaziy Universitetiga o'qishga kiradi.[1] Agar shariatga bo'ysunib, Terrencsning qo'llarini kesishganida edi, voqealar bundayin ijobiy rivoj topmas edi.

O'g'ri erkakni ham, o'g'ri ayolni ham qilmishlariga jazo bo'lsin uchun, Alloh tomonidan azob bo'lsin uchun qo'llarini kesinglar! Alloh qudrat va hikmat egasidir.
Albatta, Alloh va payg'ambariga qarshi urushadigan va yerda buzg'unchlik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi - o'ldirilish yo dorga osilish, yoki oyoq-qo'llari teskarisiga kesilishi, yoxud o'z yerlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda rasvolik - sharmandalik bo'lur. Oxiratda esa ular uchun ulug' azob bordir.

Qarang: Amputatsiya (ingl.). Boshqa islomiy jazolar: Jazolar (ingl.)

8. To'rt xotin olish mumkin

Bu oyat erkakka to'rttagacha xotin olishga ruxsat beradi:

Agar yetim qizlarga adolat qila olmaslikdan qo'rqsangiz, sizlar uchun nikohi halol bo'lgan ayollarga ikkita, uchta, to'rttadan uylanaveringlar. Endi agar adolat qila olmaslikdan qo'rqsangiz, bir ayolga yoki qo'l ostingizdagi cho'ri bilan. Mana shu jabru zulmga o'tib ketmasligingizga yaqinroq ishdir.

Ko'pxotinlik zamonaviy dunyoning ko'p joylarida qabul qilinmaydi. Qarang: Ko'pxotinlik (ingl.)

7. Voyaga yetmagan qizga uylanish mumkin

Nihoyatda janjalli bu oyatda voyaga yetmagan qizlar bilan yotishdan avval uch oy kutish kerakligi buyuriladi:

Ayollaringiz orasidagi hayz ko'rishdan umid uzganlari, agar sizlar shubhalansangizlar, bas, ularning iddalari uch oydir, yana hayz ko'rmaganning ham uch oydir. Homiladorlarning muddatlari homilalarini qo'yishlari. Kim Allohdan qo'rqsa, uning ishini oson qilur.

Qarang: Quronda pedofiliya (ingl.)

6. Asirlar bilan jinsiy aloqa qilish mumkin

Bu oyat erkaklarga asir ayollar bilan jinsiy aloqa qilish mumkinligini aytadi:

Ey payg'ambar, albatta Biz siz uchun haqqi-mahrlarini bergan juftlaringizni, Alloh sizga o'lja qilib bergan qo'l ostingizdagi cho'rilaringiz, siz bilan birga hijrat qilgan amakingizning qizlarini va ammalaringizning qizlarini, tog'angizning qizlarini va xolalaringizning qizlarini yana mo'mina ayolni - agar u o'zini payg'ambarga hadya etsayu, payg'ambar uni o'z nikohiga olishni istasa halol qildik. Mo'minlar uchun emas, xolis siz uchundir. Biz juftlari va qo'l ostilaridagi cho'rilari haqida farz qilgan hukmlarimiz esa aniq malumdir. Toki sizga tanglik bo'lmasligi uchun. Alloh mag'firatli va mehribon bo'lgan zotdir.

Qarang: Islomda nomusga tegish (ingl.)

Quron 2:65 shabbatni buzgan yahudiylar maymunlarga aylantirilgani haqida aytadi.

5. «Maymunlarga aylaningiz»

Shabbatni buzganlar maymunlarga aylantirilgan:

Orangizdan shanba kunida haddan oshgan kimsalarni bildingiz. Bas, Biz ularga: «Badbaxt maymunlarga aylaningiz,» dedik.

Qarang: Islomiy antisemitizm (ingl.)

4. Asrandi bolaning xotiniga uylanish mumkin

Muhammad asrandi o'g'lining xotini Zaynabga uylangan. Bu oyat bunga ruxsat beradi:

Alloh biron kishining ichida ikki yurak qilgan emasdir, sizlar zihor qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni o'z bolalaringiz qilgan emasdir. Bu sizlarning og'izlaringizdagi so'zingizdir. Yolg'iz Alloh haqiqatni aytur va Uning O'zi hidoyat qilur.

Qarang: Islomiy xavotir: Bola asrab olish (ingl.)

Quron 2:282 va 4:11 guvohlik va meros masalalarida ayolning qiymati erkak qiymatining atigi yarmiga teng deydi.

3. Ayol guvohligi erkak guvohligining yarmiga teng

Bu oyat bir erkak guvohligi ikki ayol guvohligiga teng deydi:

Ey mo'minlar, bir-birlaringiz bilan qarz muomalasini qilsangiz, yozib qo'yinglar! Oralaringizda bir kotib adolat bilan yozsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, albatta yozsin! Zimmasida qarzi bo'lgan kishi yozdirsin - Parvardigori bo'lmish Allohdan qo'rqsin va u, qarzdan biron narsa kamaytirib yozmasin! Agar zimmasida qarzi bo'lgan kishi aqlsiz yo ojiz bo'lsa, yoki yozdirishga qodir bo'lmasa, uning homiy vakili adolat bilan yozdirsin! Va sizlar rozi bo'ladigan guvohlardan ikki erkak kishini, agar ikki erkak topilmasa, bir erkak va ikki ayolni - biri unutib adashsa, yana biri unga eslatadi - guvoh qilinglar! Guvohlar chaqirilganda bosh tortmasinlar! Xoh katta, xoh kichik qarz bo'lsin, muddati kelgunicha yozib qo'yishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida adolatliroq, guvohlik uchun to'g'riroq va shak-shubha qilmaslikka yaqinroq bo'lgan. Lekin agar oralaringizda yurgizib turgan naqd savdo bo'lsa, uni yozmasangiz-da, sizlar uchun gunoh yo'qdir. Va bir-biringiz bilan savdo qilganda guvoh keltiring! Va na kotib, na guvohga zarar yetmasin. Agar shunday qilsangiz, bu Allohga itoatsizligingizdir. Allohdan qo'rqingiz! Alloh sizlarga bildiradi. Alloh hamma narsani bilguvchidir.

Qarang: Ayollar aqli (ingl.)

2. Ayolga erkak oladigan merosning yarmiga teng ulush tegadi

Bu oyat ayolga tegadigan meros erkak oladigan meros ulushidan ikka marta kam bo'lishi kerakligini aytadi:

Alloh farzandlaringizga haqida bir o'g'il uchun ikki qiz ulushi barobarida meros berishni amr qilur. Agar merosxo'rlar ikkidan ortiq ayol bo'lsa, ularga er qoldirgan narsaning uchdan ikkisi, agar yakka qiz bo'lsa, unga yarmi tegur. Agar marhumning farzandi bo'lsa, ota-onasining har biriga qoldirgan merosidan oltidan biri tegur. Endi agar farzand bo'lmay, faqat ota-onasi bo'lsa, u holda onasiga uchdan bir tegur. Agar uning aka-ukalari bo'lsa, onasiga oltidan bir tegur, marhum qilgan vasiyat va uning qarzlari ado etilganidan keyin bo'lur. Ota-onalaringiz va farzandlaringizning qaysi birlari siz uchun foydasi teguvchiroq ekanini bilmaysizlar. Alloh tomonidan qat'iy farz qilib qo'yildi. Albatta Alloh bilim va hikmat egasi bo'lgan zotdir.
Quron 9:29 kabi oyatlar islomiy qo'poruvchilikni dastaklaydi.

1. «Jang qilingiz!»

Bu oyat musulmonlarga islomga e'tiqod qilmaydiganlar bilan jang qilishni buyuradi:

Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Uning payg'ambari harom degan narsani harom deb bilmaydigan, Haq diniga e'tiqod qilmaydigan ahli kitoblardan iborat bo'lgan kimsalarga qarshi to ular xorlangan hollarida o'z qo'llari bilan soliqni to'lamagunlaricha, jang qilingiz!

Shuningdek «Qilich oyati» ham bor:

Bas, qachon urush harom qilingan oylar chiqsa, mushriklarni topgan joyingizda o'ldiringiz, olingiz, qamal qilingiz va barcha yo'llarda ularni kuzatib turingiz! Endi agar tavba qilsalar va namozni to'kis ado qilishib, zakotni bersalar, ularning yo'llarini to'smangiz! Albatta, Alloh mag'firatli, mehribondir.

Bu ikki oyat boshqa, tinchlikparvar 122 oyatni bekor qilgan.[2]

Qarang

Ingliz tilida

Tarjimalar

  • Bu sahifa shuningdek bu tillarda ham mavjud: inglizcha, fransuzcha. Boshqa tillar uchun chapdagi panelga qarang.

Manbalar

  1. Teen Offenders Find A Future In Missouri - CNN, August 26, 2009
  2. Ibn Xuzaymaning An-Nasih val-Mansuh kitobida yozilishicha, Qilich oyati (9:5) 113 oyatni, Jang oyati (9:29) esa 9 oyatni bekor qilgan.